Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi
3.09.2020 13:55,  
138

“Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (536-son, 02.09.2020 y.) qabul qilindi

Qaror bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga (Institut) O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) ro‘yxati tasdiqlandi.

Institut maqom ijrochiligi, baxshichilik va katta ashula yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Institutda o‘quv jarayoni 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi. 

Shunga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan, shuningdek, ushbu yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar o‘qishlarini Institutda davom ettiradi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Institutda maxsus sirtqi ta’lim tashkil etiladi hamda unga madaniyat va san’at ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida 3 yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, Madaniyat vazirligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlari (kirish imtihonlari va kasbiy suhbat)dan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar qabul qilinadi.

2021 yildan boshlab respublikadagi bolalar musiqa va san’at maktablari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilarni biriktirish orqali “mahorat maktablari” yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Institut Prezidentning PF–6000-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан