Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek olimlari bir daqiqada oltinni aniqlab beradigan qurilma ishlab chiqdilar
17.12.2019 20:57,  
791

“Markaziy laboratoriya” davlat korxonasida bir daqiqa davomida tog‘ jinslari va rudalari tarkibidagi oltin miqdorini aniqlab beradigan qurilma ishlab chiqildi. Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qurilma oltin uchun sintilasion emissiya tahlil o‘tkazish qurilmasi deb ataladi.

Bunday qurilmalar uchta laboratoriya - “Markaziy laboratoriya” davlat korxonasi, “Hududiy geologik-tasvirga olish ekspeditsiyasi (HGTE)” DUK hamda “Qizilqum geologik qidiruv ekspeditsiyasi (GQE)” davlat korxonalarida o‘rnatilgan.

Qurilma bir smenada kamida 100 ta namuna tahlil qilish quvvatiga ega. U bir tonna tarkibidagi milligram oltinni ham aniqlay oladi.

Mavzuga doir: Dunyo tan olgan o‘zbek matematigi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан