Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek paxtasi Nyu-York birjasidagi narxlarda sotiladi
6.05.2020 12:02,  
423

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining "To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni imzolandi.

Farmonda joriy iqtisodiy inqirozning to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishdagi salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi.

Mahalliy to‘qimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020 yil 1 aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi.

2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Unga ko‘ra, kalava va toladan tashqari, eksport qilinadigan to‘qimachilik tovar va xizmatlari uchun QQS eksport qiluvchining arizasiga ko‘ra qaytarilishi shart.

Yirik to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatini ularning moliyaviy barqarorligi nuqtai nazaridan stress-testdan o‘tkaziladi. 

 Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 1 sentyabrga qadar jahon brendlarini jalb qilgan holda tashqi bozorlarda talab katta bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shu jumladan, ularni yirik hududiy to‘qimachilik-tikuvchilik klasterlari hududida joylashtirish bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya loyihalari tasdiqlanishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021 yil 1 yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSh dollari, 2022 yil 1 yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSh dollari, 2023 yil 1 yanvardan – 0,1 AQSh dollari, 2025 yil 1 yanvardan – 0,2 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан