Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek tili Afg‘onistonda rasmiy tillardan biri bo‘lib qoladi — TIV
31.08.2021 17:11,  
109

Shu kunlarda «tahlilchi» Anvar Nazir ijtimoiy tarmoqlarda «Tolibon» Harakati go‘yoki Afg‘oniston hududida maktab dasturidan o‘zbek tilini olib tashlagani haqidagi yangilikni joylashtirdi.

Bundan kelib chiqqan holda, ushbu shaxs Afg‘onistonda Amir Temur, Shayboniyxon, Boborahim Mashrab, Mahmud G‘aznaviy, Abu Rayhon Beruniy merosining o‘rganilishi hamda navoiyshunoslikning ham ta’qiqlangani haqida xulosa qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, TIV vakilining «Tolibon» Harakati rasmiy rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan suhbati chog‘ida ushbu axborotning haqiqatga zid ekani ta’kidlandi.

«Tolibon» vakili o‘zbek tili, pushtu va dari tillari bilan bir qatorda, bundan buyon ham Afg‘onistonning rasmiy tillaridan biri bo‘lib qolishini tasdiqladi. O‘zbek tilini o‘rganish va rivojlantirishga, toliblar rasmiy vakilining ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat yangi rahbariyati alohida e’tibor qaratadi.

Ba’zi bilimsiz «tahlilchi» va jurnalistlarning shubhali shov-shuvlar va «qaynoq fakt»lar ilinjida ochiqdan-ochiq buzib ko‘rsatilgan va yolg‘on axborotlarni tarqatayotgani esa afsuslanarli holatdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан