O‘zbek “torpeda” lari Londonga qadar yetib bordi

O‘zbek “torpeda” lari Londonga qadar yetib bordi

Foto: Dunyo

Birinchi marta O‘zbekistonning “torpedo” navli qovunlari Buyuk Britaniyada sotila boshlandi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

20 tonna miqdoridagi qovunlarning birinchi partiyasi Yevropadagi eng yirik ulgurji qishloq xo‘jaligi bozori bo‘lgan Londonning New Spitalfields Market’ga yetkazib berildi. "Jahon Exim" MChJ Respublikaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida mahsulot yetkazib beruvchiga aylandi.

"O‘z ta’mi va foydali fazilatlari bilan tanilgan o‘zbek qovunlari mahalliy iste’molchilar tomonidan qadrlanadi degan umiddamiz", - deydi kompaniya direktori Jahongir G‘iyosov.

O‘zdavkarantin inspeksiyasiga ko‘ra, O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi kompaniyalari Buyuk Britaniyani anor, gilos, olxo‘ri, o‘rik, xurmo, olma, nok, uzum, limon, achchiq qalampir va pomidor bilan ta’minlashi mumkin.

Sentyabr oyining boshlarida O‘zbekiston birinchi marta quritilgan mevalarni Buyuk Britaniyaga eksport qila boshladi. 20 tonna eksport shartnomasi Samarqand viloyatining GardenCells va Britaniyaning Vita Plus Ltd kompaniyasi o‘rtasida imzolandi. Sentabr oyida Farg‘ona vodiysidan o‘zbek qovunlarining birinchi partiyasi golland bozoriga kirib keldi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekiston 264,1 ming dollarlik 342,5 tonna qovun eksport qildi. May oyida 186,6 tonna qovun eksport qilindi. Umuman olganda, yetti oy davomida respublika 512,2 million dollarga sabzavot va mevalarni eksport qildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 30,3 foizga kam.