Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek uni vaqtincha birja savdolaridan olindi
19.04.2020 09:35,  
581

Vazirlar Mahkamasida 16 aprel kuni Koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika aholisini davlat resurlari hisobiga un mahsulotlarini tizimli va kafolatli yetkazib berish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda koronavirus pandemiyasi sharoitida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, barcha hudularga bir maromda un yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida, mahsulotni birja savdolarisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bilan sotish bo‘yicha bo‘yicha topshiriq berildi.

Hukumat topshirig‘iga asosan «O‘zdonmahsulot» korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un uchun 125 ming so‘m qilib belgilangan. Bu haqda Daryo nashri xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, un mahsulotlari narxlarining shakllanishi soliq va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

Unning birja savdolaridan olinishiga mahsulotning asosiy qismi chekka hududlarga yetib bormay, shahar hamda tuman markazlarida qolib ketgani sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, hozirda «O‘zdonmahsulot» korxonalari tasarrufidagi 52 ta tegirmon sexlarida har kuni 6 ming tonnadan ortiq un ishlab chiqarilmoqda. Korxonalar omborlarida 32 ming tonnadan ortiq un zaxirasi bor va, ehtiyojdan kelib chiqib, ishlab chiqarish xajmini oshirish imkoniyatlari mavjud.

Karantin paytida unning narxi qimmatligi sabab soliq qo‘mitasiga viloyatlardan mingdan ortiq shikoyatlar kelib tushgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан