Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek va qozoq qutqaruvchilari Turkiston viloyatida Milliy gvardiya askarini qidirmoqda
29.06.2020 17:40,  
272

Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida suv toshqinida bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik askarni qidirish ishlari davom etmoqda. 20 iyun kuni boshlangan qidiruvda Turkiston viloyati va Chimkentdan kelgan qutqaruv guruxi a’zolari va kinologlar ishtirok etishdi, ular 120 km masofani bosib o‘tishdi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Chimkent favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ichki va tashqi aloqalar guruhining xabariga ko‘ra, 1992 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchisini qidirish «Jenis» va «Janaturmis» qishloqlari yaqinidagi kanallar yaqinida amalga oshirilmoqda.

Qidiruvga Chimkent favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 3 qutqaruvchisi, 2 ta kinolog xodimi, 1 chegara xizmati xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 3 qutqaruvchisi jalb qilingan.

Qidiruv yer usti, suv yuzasi va suv osti usullari orqali amalga oshiriladi. «Qidiruv ishlari hozirda Jetaysay tumanida davom etmoqda. Qutqaruvchilar 27 iyundan Ataqonis ovulidan Atameken ovul okrugidagi Qog‘ali ovuliga motorli qayiq yordamida borishgan.

Markaziy kanalda qidiruv ishlarini olib bormoqda. Bu yerda qutqaruvchilar 48 km masofani ko‘rib chiqishdi. Biroq, natija yo‘q. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, toshqin paytida o‘zbek askari bedarak yo‘qolgan. U qo‘shni mamlakatda topilmagach, O‘zbekiston Respublikasi vakillari uni Qozog‘istonning Maqtaaral tumanida qidirishda yordam so‘rashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан