Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbek-xitoy vaksinasining kuchaytirilgan dozasi «omikron»dan deyarli 100 foiz himoya qilishi ma’lum qilindi
9.01.2022 22:48,  
152

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori Shahlo Turdiqulova ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining kuchaytirilgan dozasi «omikron»dan deyarli 100 foiz himoya qilishini ma’lum qildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 7 yanvar kuni Ilg‘or texnologiyalar markazi (ITM) laboratoriyasida «omikron» shtammi qayd etilgan. Ushbu shatamm O‘zbekiston hududiga Dubaydan kelgan xorij fuqarosida aniqlangan.

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mazkur holat, shuningdek, «omikron» tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar muhokama qilingan. Unda voqeani sharhlagan Innovatsion rivojlanish vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova «omikron»ning dunyo bo‘ylab tez tarqalishi inobatga olinsa, uning O‘zbekistonda paydo bo‘lishi vaqt masalasi bo‘lganini bildirgan.

Shuningdek, O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida ishlab chiqilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi kuchaytirilgan dozasi ushbu shtammdan deyarli 100 foiz himoya qilishini ma’lum qilgan.

«Ilg‘or texnologiyalar markazi rahbari sifatida ZF-UZ-VAC 2001 sinovlarida va virusli mutatsiyalarni o‘rganishda faol ishtirok etarkanman, mamlakatimizdagi eng ommabop O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi ustida olib borilgan tadqiqotlar yangi shtamm bo‘yicha yaxshi natijalarni ko‘rsatayotganini aytishim mumkin. Vaksinaning kuchaytirilgan — buster dozasi ‘omikron’dan deyarli 100 foiz himoya qiladi. Xitoylik hamkasblarimiz ham buni tasdiqladi», — degan u.

Maxsus komissiya yig‘ilishida aholini, shu jumladan ZF-UZ-VAC2001 ning kuchaytirilgan dozalari bilan emlashni zudlik bilan tezlashtirish masalasi ham muhokama qilingan.

Oldinroq, O‘zbekistonda ham «omikron» shtammi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан