Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston 2019 yilda eng ko‘p nimalarni eksport qildi?
17.01.2020 13:48,  
565

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston tashqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2019 yil yakunida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 mlrd dollarga o‘sdi (o‘sish sur’ati – 26,2%).

Xususan, mahalliy tovarlar va xizmatlarning xorijiy mamlakatlarga eksporti 2018 yilga nisbatan 3,9 mlrd dollarga yoki 15%ga o‘sdi va 17,9 mlrd dollarni tashkil etdi.

Eksportning asosiy ulushi:

  • qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallardan tayyorlangan mahsulotlar — 5,1 mlrd dollar (umumiy eksportdagi ulushi 28,5 %),
  • xizmatlar — 3,6 mlrd dollar (19,9%),
  • energiya tashuvchilar — 2,5 mlrd dollar (14,1%),
  • to‘qimachilik mahsulotlari — 1,6 mlrd dollar (9,1%),
  • oziq-ovqat mahsulotlari — 1,5 mlrd dollar (8,5%),
  • rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar — 951,3 mln dollar (5,3%),
  • kimyoviy mahsulotlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar — 876,9 mln dollar (4,9%),
  • qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar — 349,6 mln dollar (2%) hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ta’kidlash lozimki, 2019 yil davomida 2,700ta yangi korxonalar eksport faoliyatiga jalb qilinib, ular hisobiga 1 mlrd dollardan ortiq qo‘shimcha eksport amalga oshirildi. Bundan tashqari, 42ta mamlakatlar bozorlariga 206ta yangi turdagi mahsulotlar eksporti o‘zlashtirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан