Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston 2020 yil oxiriga borib «Sputnik V» vaksinasining sinovlarini boshlash niyatida
30.11.2020 11:01,  
127

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshlarida Rossiyada yaratilgan «Sputnik V» vaksinasining klinik sinovlariga kirishishni mo‘ljallanmoqda. Bu haqda idora rahbari Abduhakim Xojiboyevga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Sentyabr oyida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) O‘zbekistonning Laxisam farmatsevtika kompaniyasi bilan mamlakatda 35 million doza «Sputnik V» vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Laxisam yetkazi berish bo‘yicha respublikaning nazorat qiluvchi organlari bilan muvofiqlashtirish ishlar olib borilayotganini bildirgan.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi RTIF bilan muzokaralar davomida «Sputnik V» vaksinasining 500 dozasini olish bo‘yicha so‘rov yuborgan.

«Xitoylik hamkorlarda hozirda klinik sinovlar uchun O‘zbekistonga o‘zining vaksinasidan 6 ming dozani yetkazib keldi», — deya qo‘shimcha qiladi Xojiboyev. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан