Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston AES qurilishi bo‘yicha chegaradosh qo‘shni davlatlar jamoatchiligining fikrini o‘rganadi — TIV vaziri
3.11.2021 11:02,  
53

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov prezidentlik saylovlari oldidan O‘zbekiston va Rossiya OAV vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekistonda AES qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qanday choralar ko‘rilayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi. Suhbatning to‘liq matnini TIV matbuot xizmati to‘liq e’lon qildi.

«O‘zaro kelishuvga ko‘ra, bu masala muhokama qilinmoqda. Bugungi kunda loyiha har tomonlama va bir necha yo‘nalishda puxta o‘rganilmoqda», — dedi vazir. U, shuningdek, AES qurilishi haqida ayrim ommaviy axborot vositalarida turli gap-so‘zlar yurgani sababli bu sof iqtisodiy loyiha ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Yana bir bor ta’kidlaymiz — bu siyosatdan xoli, sof iqtisodiy loyiha. Shunga yarasha aniq iqtisodiy asos kerak va loyihaning iqtisodiy samaradorligi isbotlanishi kerak. Bu O‘zbekistonda muqobil energiya manbalarining jadal rivojlanishi fonida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda, jumladan, quyosh, shamol energetikasi, gidroenergetika va boshqa energetikani rivojlantirish bo‘yicha takliflar, qolaversa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar to‘plami mavjud», — deya fikr bildirgan Abdulaziz Kamilov.

Vazir, shuningdek, MAGATE normalariga muvofiq xavfsizlik masalalari haqida ham unutmaslik kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

«Yana bir muhim, nozik masala bu — yuqori texnologiyali va keng ko‘lamli loyiha jamoatchilik e’tiboridan chetda qolishi, shaffof bo‘lmasligi mumkin emas. Shu sababli nafaqat O‘zbekiston, balki mamlakatimiz bilan chegaradosh qo‘shni davlatlar jamoatchiligining ham bu masalaga munosabatini o‘rganamiz», — degan TIV vaziri.

«Shunday qilib, biz ushbu masalalarni o‘rganishni davom ettiramiz. Ish, albatta, davom etmoqda. Ammo hamma narsa yuqoridagi savollarga beriladigan javoblarga bog‘liq bo‘ladi. Shundan kelib chiqib loyihani amalga oshirish yoki oshirmaslik bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi», — deya so‘zlarini yakunlagan Abdulaziz Kamilov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан