Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston afg‘on ayollarini qo‘llab-quvvatlaydi
14.11.2019 10:58,  
175

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda afg‘on ayollarining iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirdi. Bu haqda Tashqi Ishlar Vazirligi saytida xabar berildi.

Bu qo‘llab-quvvatlashning mohiyati afg‘onistonlik ayollarni Qozog‘iston va O‘zbekistonda o‘qitish va kasbga tayorlash bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning qayd etishicha, YeI bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan dastur afg‘on ayollarini qishloq xo‘jaligi, tabiiy fanlar, tog‘-kon sanoati sohalari bo‘yicha o‘qitishni o‘z ichiga olgan bo‘lib, “bu ularning mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida ishtirok etishlari uchun beqiyos imkoniyatdir”.

Ikki yil avval Termizda ochilgan maxsus o‘quv markazida o‘tgan yili 100 nafar afg‘onistonlik oliy ma’lumot bo‘yicha diplom olib yurtlariga qaytgach, shu yil kuzdan ishga kirishdi. O‘zbekiston tomonining fikricha Yevropa va Xitoy vositachiligida bunday o‘quv markazlarida yiliga 300 nafargacha talabani o‘qitib chiqarish mumkin. Bunda asosiy ta’lim yo‘nalishlari o‘zbek filologiyasi va temiryo‘l transporti muhandisligi bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан