Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston aholisi g‘ayrioddiy ob-havo hodisasini kuzatmoqda
6.01.2021 17:33,  
1215

"O‘zgidromet" xabar qilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston aholisi g‘ayrioddiy hodisani kuzatishi mumkin – qor donalari huddi tumandan tushgandek yog‘adi.

Bu hodisa O‘zbekistonda nihoyatda kam uchraydi, ko‘pincha u qishi barqaror sovuq hududlarda kuzatiladi.

Ushbu hodisaning vujudga kelish sababi shundaki, u sovuq Sibir antitsiklonining ta’siridan kelib chiqadi. Odatda, bunday sinoptik vaziyatda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Shu bilan birga, yer yuzasidagi havo qatlamlarining tungi kuchli sovishi tufayli pastki havo qatlamlari yuqori qatlamlardan sovuqroq bo‘lganda, haroratni teskari o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Natijada konveksiyani oldini oladigan “blokirovka qiluvchi” qatlam paydo bo‘ladi, u konveksiya hodisasiga to‘sqinlik qiladi. Bunday holatda, jadal ravishda ishlaydigan qozonlarning quvvatlari orqali havoga ko‘p miqdorda tashlanadigan iliq bug‘, huddi shu qatlamga “urilib” tushgandek, quyuqlashadi va qor donalari shaklida yog‘adi.

Ushbu hodisani o‘rgangan ba’zi tadqiqotchilar buni “texnogen qor” deb atashadi. Biroq, bu butunlay to‘g‘ri emas. Shunga qaramay, bu antropogen omil ta’sirida o‘zgartirilgan tabiiy hodisadir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан