Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston aholisini koronavirusga qarshi emlash qachondan boshlanishi ma’lum.
15.02.2021 16:14,  
402

O‘zbekiston aholisini koronavirusga qarshi emlash 2021 yilning mart oyi birinchi yarmida boshlanadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtab ma’lumotiga tayanib Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davolash profilaktika muassasalari qoshida 3138 ta emlash xonalari va 820 ta mobil brigadalar tashkil etilgan, ular barcha emlash ishlarini jadval va bosqichma-bosqich amalga oshiradi.

«Respublika bo‘yicha xavf guruhiga kiruvchi aholini emlash ishlari yakunlanishi va respublikaga vaksina kelishiga binoan qolgan aholi ham emlanadi», — deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ayni paytda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan GAVI tashkilotining COVAX jamg‘armasiga, COVID-19 infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi 12 ta yetakchi korxonalar bilan ushbu vaksinalarni xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Joriy yilning iyul oyiga Xitoyning Ayhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va respublikada o‘tkazilayotgan klinik sinovlari muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng koronavirusga qarshi vaksinasini sotib olinishi ham rejalashtirilayotgani ta’kidlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан