Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston AIBA bayrog‘ini qabul qilib oldi
8.11.2021 10:49,  
200

25 oktyabr – 6 noyabr kunlari Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o‘tgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan delegatsiyamiz Toshkentga qaytib keldi.

Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va muxlislar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, jahon chempionatida Abdumalik Xalakov kumush, Madiyar Saidrahimov esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, musobaqaning tantanali yopilish marosimida MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov keyingi jahon chempionati mezboni sifatida Xalqaro boks assotsiatsiyasi AIBA bayrog‘ini qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil poytaxtimiz ilk bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан