Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkiloti huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini oldi
4.11.2021 15:20,  
45

Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) Doimiy kengashi kecha O‘zbekistonga yakdil ovoz bilan doimiy kuzatuvchi maqomini berdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA  muxbiri.

ADT Shimoliy va Janubiy Amerikaning 35 davlatidan tashkil topgan. O‘zbekiston G‘arbiy yarim shardagi eng uzoq tarixga ega xalqaro tashkilotning 73-doimiy kuzatuvchisi bo‘ldi.

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov ADT Doimiy kengashi raisi Joshua  Fiajo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda tomonlar mintaqaviy va global xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish, inson huquqlari va demokratik erkinliklarni ta’minlash, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani rag‘batlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Qo‘mitaning ixtisoslashtirilgan muassasalari va affillangan tuzilmalari bilan qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, telekommunikatsiya, fan-ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlik istiqbollari alohida muhokama qilindi.

Joshua Fiajo, shuningdek, O‘zbekistonning Lotin Amerikasi va Karib dengizi mamlakatlari bilan, birinchi navbatda, savdo va sarmoya sohasida o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish uchun tashkilot platformasidan foydalanish istagini qo‘llab-quvvatladi.

Diplomat O‘zbekistonning ADT faoliyatidagi ishtiroki o‘zaro manfaatli bo‘lishi, respublikaga global muammolarni hal etish va mintaqaviy hamkorlikda tajriba almashish uchun qulay imkoniyat taqdim etishiga ishonch bildirdi.

Doimiy kengash raisi O‘zbekistonni mazkur tashkilot Bosh Assambleyasining 9-11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 51-sessiyasida ishtirok etishga taklif qildi.

Amerika davlatlari tashkiloti 1948 yil Pan-Amerika ittifoqi (1889 yilda tuzilgan) negizida tashkil etilgan. ADT tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ularning suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadlariga xizmat qiladi. ADT huzuridagi Doimiy kuzatuvchilar instituti 1971 yilda tashkil etilgan. Tashkilot bosh qarorgohi Vashingtonda joylashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан