Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston AQShning diniy erkinlik bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»dan chiqarildi
8.12.2020 13:00,  
169

AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo tomonidan diniy erkinlik bo‘yicha bayonot e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston diniy erkinlik bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»dan (Special Watch List) chiqarildi.

«So‘nggi bir yil ichida hukumatlari erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, Sudan va O‘zbekiston maxsus kuzatuv ro‘yxatidan chiqarilganligini e’lon qilishdan mamnunman. Ularning qonunlari va amaliyotdagi jasoratli islohotlari boshqalar uchun o‘rnakdir», — deyiladi Maykl Pompeoning bayonotida.

O‘zbekiston 2018 yilda diniy erkinlik bo‘yicha alohida xavotirdagi mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarildi. Mamlakat 2006 yildan beri ushbu ro‘yxatda qolib kelayotgandi.

Qayd etilishicha, AQSh diniy erkinlikning buzilishi sababli Tojikiston va Turkmanistonni alohida tashvishga sabab bo‘layotgan davlatlar qatoriga kiritgan.

Qora ro‘yxatga Birma, Eron, Xitoy, Shimoliy Koreya, Nigeriya, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Eritreya ham kiritilgan. Ushbu mamlakatlar 1998 yilgi Xalqaro diniy erkinlik to‘g‘risidagi qonunga binoan «diniy erkinlikning muntazam va qo‘pol ravishda buzilishi» tufayli alohida xavotirga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya, Komor orollari, Kuba va Nikaragua maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritilgan, chunki ushbu mamlakatlar hukumatlari «diniy erkinlikni jiddiy buzgan».

«AQSh butun dunyo bo‘ylab diniy sabablarga ko‘ra yuz berishi mumkin bo‘lgan ta’qiblarni to‘xtatish uchun tinimsiz harakat qilishda davom etadi», — deyiladi bayonot so‘ngida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ushbu ro‘yxatga 2019 yilda kiritilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан