Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston ArMI – 2020 o‘yinlarining «Yo‘l patruli» bahsida g‘olib bo‘ldi (foto)
2.09.2020 15:29,  
317

Qo‘qon mezbonlik qilgan ArMI – 2020 xalqaro Armiya o‘yinlarining «Yo‘l patruli» bahsida Vatanimiz sharafini himoya etgan yurt o‘g‘lonlari birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va bu natija O‘zbekiston jamoasi o‘zining musobaqa tarixidagi eng yuqori natijasini qayd etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Sof.uz'ga xabar berdi.

"Bir necha kun davom etgan murosasiz bellashuvlarda Mudofaa vazirligi harbiy avtomobil nazorati xodimlari Rossiya hamda belaruslik raqiblaridan har tomonlama ustun ekanliklarini namoyish etishdi. Kapitan Mansurjon Akobirov, serjantlar Siddiq A’zamov, Farhod Musayev Makarov pistoleti va avtomatdan o‘q otish, ekstremal boshqarish va yo‘l harakati hodisasi paytida sodir bo‘lishi mumkin o‘t o‘chirish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish shartlarini bajarish jarayonida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Dasturga ko‘ra jamoalar vakillari so‘nggi ikki shart – avtomobil shinalarini almashtirish va yo‘l harakatini boshqarish (konkursdan tashqari) borasida bahs olib bordi. Kichik serjant Muzaffar Tulyabayev va katta leytenant Jamoliddin Egamberdiyev juftligi 1 daqiqa 14 soniyada avtomobil shinasini almashtirib, o‘zlariga topshirilgan vazifani a’lo darajada bajarishdi. Serjant Jo‘rabek Qodirov, Aleksey Serebrov (Rossiya Federatsiyasi) va Aleksandr Sheglov (Belarus Respublikasi) yo‘l harakatini boshqarish shartida eng yaxshi inspektorlar sifatida o‘zlarini ko‘rsatishdi.

Qayd etilgan natijalarga yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi, Rossiya Federatsiyasi ikkinchi, Belarus Respublikasi uchinchi o‘rindan joy oldi" - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан