Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston armiyasida yangi «Dovyurak jangchi» farqlovchi nishoni joriy etilmoqda
15.12.2021 14:48,  
75

Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining jismoniy tayyorgarligini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini intensiv sinovlardan o‘tkazish va ularni «Dovyurak jangchi» farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

«Dovyurak jangchi» farqlovchi nishonining ko‘rinishi va tavsifi.

Nizom Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya va DXXning kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarini intensiv sinovlardan o‘tkazish va ularni «Dovyurak jangchi» farqlovchi nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.

Intensiv sinov deganda harbiy xizmatchilarning jismonan baquvvatligini, chidamliligini, ekstremal sharoitlarda turli jismoniy yuklamalarga ruhiy bardoshliligini sinash bo‘yicha mashqlar majmui tushuniladi.

Shuningdek, nizomda moslashuvchanlik ko‘nikmasi, piyoda yurish (marsh-yugurish), ruhiy barqarorlik, kuch mashqlari, yagona to‘siqli yo‘lak, harbiy qismlar, harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi, ekstremal sharoit kabi tushunchalar qo‘llaniladi.

Intensiv sinovlarni o‘tkazish va «Dovyurak jangchi» farqlovchi nishoni bilan taqdirlash har yili quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

intensiv sinovlarda qatnashish istagini bildirgan harbiy xizmatchilar 15 avgustga qadar bevosita komandirlariga (boshliqlariga) bildirgi bilan murojaat qiladi;

nomzodlarning bildirgilari 25 avgustga qadar harbiy qismlarning umumiy yig‘ilishida, ularning oxirgi bir yillik xizmat faoliyatini muhokama qilgan holda ko‘rib chiqiladi va nomzodlarning ro‘yxati 1 sentyabrga qadar Intensiv sinovlarni o‘tkazish komissiyasiga tavsiya etiladi;

Komissiya nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi va intensiv sinov bosqichlarida ishtirok etishga ruxsat beradi;

intensiv sinovlar har yili 15 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar har bir vazirlik va idoraning intensiv sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida ichki idoraviy hujjatiga muvofiq alohida-alohida o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан