Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston BAAlik shayxga 200 gektar yaylov yer ajratadi
8.06.2020 13:08,  
540

Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekistondagi Diplomatik vakolatxonasiga dala lageri qurish uchun yer ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida dala lageri quriladi.

Vazirlar Mahkamasining «Oliy martabali Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga dala lageri qurish uchun yer ajratish to‘g‘risida»gi farmoyishi loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Oliy martabali Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga dala lageri qurilishi uchun yer maydonlarini vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan berish haqidagi takliflariga muvofiq:

Qo‘ng‘irot tumanidagi Ustirt plotasi «Yelabad» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi zaxira yer maydonlaridan umumiy maydoni 200 gektar yaylov yerlar Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga 10 yil muddatga vaqtinchalik foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi «Yer kodeksi»ning 87-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-sonli farmonining 5-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 146-sonli qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash maqsadida 200 gektar yaylov yer maydonlari uchun 200ga*242900*2,047*20=1988865200 so‘mning 5 foizi ya’ni 99 443 260 so‘mni O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi g‘aznachilik boshqarmasi Toshkent shahri Markaziy banki hisobiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasining maxsus hisob varag‘iga hamda qolgan 95 foizni, ya’ni 1 889 421 940 so‘mni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining hisob varag‘iga 5 kun muddatda o‘tkazib beriladi.

Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga dala lagerini qurish uchun ajratilayotgan yer maydonlaridan oqilona va belgilangan maqsadga muvofiq foydalanilmaganda, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin ob’yektlarning paydo bo‘lishiga va tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanilganda ajratilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadiganligi ko‘rsatib o‘tiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda yer uchastkasini Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga vaqtinchalik foydalanishga berish munosabati bilan davlat yer hisobotiga o‘zgartirish kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga dala lageri qurilishi uchun ajratilgan yer maydoni bo‘yicha atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga qat’iy rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini o‘rnatadi.

Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonning O‘zbekiston Respublikasidagi Diplomatik vakolatxonasiga berilgan yerni ijara muddati tugagandan so‘ng foydalanish mumkin bo‘lgan holga keltirib, Qo‘ng‘irot tumani zaxira yerlariga qaytarib berishni ta’minlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан