Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston "baxtli mamlakatlar" reytingida nechanchi o‘rinda?
20.03.2020 14:44,  
680

BMTning World Happiness Report reytingida Finlandiya qatorasiga 3 bor dunyoning eng baxtli mamlakati deb e’tirof etildi.

Dastlabki o‘nta o‘ringa, shuningdek, Daniya, Shveysariya, Islandiya, Norvegiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Avstriya hamda Lyuksemburg kiritilgan.

AQSh 18 o‘ringa loyiq ko‘rilgan, Germaniya esa 17 ga.

O‘zbekiston 6.258 ball bilan 38 o‘rindan joy olgan. MDH davlatlari orasida keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (50), Tojikiston (71), Rossiya (73), Qirg‘iziston (74), Belarus (75) turibdi.

BMT mutaxassislariga ko‘ra, dunyoning eng baxtsiz mamlakatlari Afg‘oniston (baxtlilik reytingining eng so‘nggida), Janubiy Sudan, Zimbabve, Ruanda, MAR, Tanzaniya, Botsvana, Yaman, Malavi va Hindiston hisoblanadi.

World Happiness Report BMTning Barqaror taraqqiyot yechimlari bo‘limi tomonidan tuziladi. Unda dunyoning 156 mamlakatlari umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korrupsiya va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi. Reyting 2012 yildan beri tuziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан