Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“O‘zbekiston Biznesni rivojlantirish” uyushmasi tashkil etildi
6.11.2020 12:10,  
209

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.04.2020 yildagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Biznesni rivojlantirish” uyushmasi tashkil etildi.

Uyushma Adliya vazirligi tomonidan №309- reyestr tartib raqami bilan 2020 yil 26 oktyabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Biznesni rivojlantirish” uyushmasi ta’sischilarining umumiy yig‘ilish qaroriga asosan bugungi kunda “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan Malikov Yorqinjon Erkinjonovich yangi uyushmaning boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Yorqin Malikov 1987 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumoti - oliy.

2010-2018 yillar davomida “Evro Star Trade” oilaviy korxonasi direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2018 yildan hozirga qadar - "PRIME HOLDING" MChJ direktori, 2019 yildan O‘zbekiston eksportchilari uyushmasi boshqaruv raisining birinchi o‘ribosari, shu bilan birga, Xalq deputatlari Olmazor tumani kengashi deputati sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан