Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga saylandi
14.10.2020 11:23,  
135

Kecha 13 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasida O‘zbekiston BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga ko‘pchilik ovoz bilan tarixda birinchi marta uch yillik muddatga saylandi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

BMT Yangiliklar markazi ma’lumotiga ko‘ra, quyidagi 15 davlat 2021 yil 1 yanvardan boshlab uch yillik muddatga BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashi a’zoligiga saylangan: Boliviya, Xitoy, Kot-d'Ivuar, Gabon, Kuba, Fransiya, Malavi, Meksika, Nepal, Pokiston, Rossiya. Senegal, Ukraina, O‘zbekiston, Buyuk Britaniya.

BMT Bosh assambleyasi organi hisoblangan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga 47 ta davat a’zodir. Kengash a’zolari uch yillik muddatga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан