O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Dushanbega keldi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Dushanbega keldi

Foto: «Daryo»

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etish uchun 29 sentyabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Dushanbe xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vazirini Tojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Davlasho Gulmuhammadzoda kutib oldi.

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston—Tojikiston ishbilarmonlari biznes-forumi va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.