Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab 23 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
27.05.2020 15:37,  
157

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 20 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 1 nafar hamda Navoiy viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 2 nafar, jami 23 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 10 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 67 yoshda, yoshi kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 5 nafar, Farg‘ona va Toshkent viloyatlaridan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyatidan 2 nafardan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan esa 56 yoshli erkak fuqaro tuzalib chiqdi.

Navoiy viloyatida tuzalganlarning 1 nafari 30 yoshli erkak, yana 1 nafari esa 35 yoshli ayol bo‘lib, Zarafshon shahridan. Viloyatda endilikda sog‘ayganlar 12 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun hozirga qadar 23 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab jami sog‘ayganlar 2659 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан