Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab 70 kishi koronavirusdan tuzaldi
23.06.2020 16:53,  
116

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 57 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, Samarqand viloyatida 1 nafar, jami 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasi 4022  holatda qayd etilgan bo‘lsa, endilikda ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni 2411 nafarga yetdi va hududda 1600 nafar bemor davolanmoqda.

Samarqand viloyatida bugun kasallikdan forig‘ bo‘lgan 52 yoshli ayol bilan birga ushbu hududda koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 384 nafarni tashkil qilmoqda.Ayni paytda  viloyatda 25 nafar bemor davolanmoqda.

Shunday qilib, bugun shu vaqtgacha 70 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4520 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан