Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab 79 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
13.06.2020 15:33,  
147

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, shu soatlarda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 59 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 15 nafar, jami 79 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 43 nafari erkak, 16 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 15 nafar, Namangan viloyatidan 10 nafar, Toshkent viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 5 nafar, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan 4 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatidan 3 nafardan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Tojikiston Respublikasidan 2 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 37 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 3 nafar, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar.

Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Payariq tumanidan 4 nafardan, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 2 nafardan, Ishtixon, Urgut va Pastdarg‘om tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, kichigi esa 5 yoshda.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3837 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан