Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab ilk marta o‘tkazilayotgan yoshlar "AGROMARAFONI" AKIS markazidan boshlandi
29.09.2021 19:54,  
81

Qishloq xo‘jaligida bilim, innovatsiya va xizmatlar AKIS markazida O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yosh fermerlari kengashi, Yevropa xalqaro xamkorlik tashkiloti ko‘magi ostida Toshkent davlat agrar universiteti va boshqa qator tashkilot hamda kompaniyalar ishtirokida O‘zbekistonda ilk marotaba "AGROMARAFON" tashkil etildi.


Marafon AKIS markaziy maydonida 100 ga yaqin yosh agrarchi-fermerlar, qishloq xo‘jaligi sohasidagi yosh tadbirkorlar va Toshkent davlat agrar universiteti talabalari ishtirokida ochiq deb e’lon qilindi. Tadbir, ayniqsa, jalb etilgan spikerlar sabab motivatsiyaga to‘la va yorqin tarzda o‘tdi, ular yoshlar bilan o‘z muvaffaqiyat tarixlari, shuningdek shaxsiy tajribada sinovdan o‘tgan tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdilar.


Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari, Qishloq xo‘jaligidagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, professor Alisher To‘rayev hamda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov tadbirda so‘zga chiqdilar.

Tashkilotchilar respublikadagi muvaffaqiyatli agrotadbirkorlar va fermerlar ishtirok etgan ushbu marafon yoshlar uchun yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq, o‘zaro aloqa yo‘lidagi qulay platforma, tajriba almashinuv maydonchasi sifatida xizmat qilib, biznes-rejalar tayyorlashga yordam beradi va umuman olganda, qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z biznesini sifatli darajada boshlab olishga imkon beradi, deya ishonch bildirdilar. Kelajakda ushbu yangi bilimlar o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan fermerlar uchun jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini ochadi.

AGROMARAFON ochilishida «Agrobiznesda menejment» maxsus treningi doirasida zamonaviy agrokorxonalarning tajribali vakillari ishtirok etdi.Teodora Goods kompaniyasi direktori Dildora Otajonova, Mevali Plants kompaniyasi direktori Mansur Raximov, MOST BUSINESS MChJ direktori Elmurod Pirnazarov, VESAGRO direktori, agrobloger O‘rmonali Usmonov, AGRO EXPORT GROUP MChJ asoschisi Sanjar Karimov, shuningdek bog‘dorchilik bo‘yicha maslahatchi Shuxrat Abrorovlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘zlab berishdi. Spikerlar yoshlarning savollariga ham javob berishdi.

Marafon kelgusida respublikaning boshqa hududlari bo‘ylab davom etadi. Yoshlarga ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat ko‘magi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiradigan ishlarini rivojlantirish uchun yer olgan yoshlar asosiy maqsadli auditoriya bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан