Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar 3000 kishidan oshib ketdi
3.06.2020 16:44,  
259

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bugun Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasidan 29 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 5 nafar, jami 43 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan sog‘ayganlarning 6 nafari Namangan viloyatidan, 5 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlaridan 4 nafardan, Farg‘ona, Andijon va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 25 nafari erkak, 4 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari Xorazm viloyatidan, 3 nafari Samarqand viloyatidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 5 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 13 yoshda.

3-sonli tug‘ruq majmuasida tuzalganlarning 4 nafari Samarqand viloyatidan bo‘lib, ona va bola (homilador ona 25 yoshda va bolasi 4 yoshda) hamda 2 nafar homilador ayol. Qolgan 1 nafari (27 yoshli ayol) esa Xorazm viloyatidan.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 3004 nafarga yetdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан