Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab qancha fuqaro karantinda qolayotgani ma’lum qilindi
5.05.2020 13:22,  
1572

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov O‘zbekistondagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi:

“Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus yuqtirgan 2189 fuqaro ro‘yxatga olingan. Bemorlarni davolashda ijobiy natijalar qayd etilishi davom etyapti. 4 may kuni 86 fuqaro to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Ayni paytga qadar 1405 bemor to‘liq sog‘aygan. Shifoxonalarda davolanayotgan 774 bemordan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti

Hozirda 52 mingdan ortiq fuqaro statsionar va uy sharoitida karantin muddatlarini o‘tayapti. Kechaning o‘zida 10 ming 500 dan ziyod, shu paytga qadar esa jami 335 mingdan ko‘proq koronavirus kasalligiga laboratoriya tekshiruvlari o‘tkazilgan“, dedi Nurmat Otabekov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан