Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab yana 167 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi
9.07.2020 10:07,  
380

2020 yil 9 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 259 (+167) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 64 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 58 nafari aholi orasida), 3 nafari Farg‘ona viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 9 nafari Namangan viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 16 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 7 060 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda  4 152 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 31 nafari og‘ir, 12 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан