Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bo‘ylab yana 9 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi
27.05.2020 19:48,  
180

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, ayni soatlarda Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 5 nafar, poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 9 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

Samarqandda shifo topganlarning barchasi ushbu viloyatdan (3 nafari Samarqand shahridan, Pastarg‘om va Toyloq tumanlaridan esa 1 nafardan) bo‘lib, 2 nafari erkak, 3 nafar ayol. Ular orasida yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichiga 5 yoshda. Viloyatda ayni paytga qadar 249 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda 254 nafarga yetdi.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 2 nafari Toshkent viloyatidan, 1 nafari Surxondaryo viloyatidan, yana 1 nafari esa Tojikiston Respublikasidan. Ularning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichiga 34 yoshda. Endilikda Toshkent shahrida sog‘ayganlar 980 nafarga yetdi.

Bugun 32 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2668 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан