Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining minimal va maksimal narxlari ma’lum qilindi
10.12.2021 14:00,  
155

Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 7 dekabr kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:

suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000–68 000 so‘m;
qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 52 000–80 000 so‘m;
kartoshka (1 kilogramm) — 3 000–7 500 so‘m; (1 dekabr holatiga ko‘ra, 3 000–7 000 so‘m)
piyoz (1 kilogramm) — 1 200–4 000 so‘m; (1 000–4 000 so‘m)
sabzi (1 kilogramm) — 1 000–5 500 so‘m;
tuxum (10 dona) — 7 000–15 000 so‘m;
guruch (1 kilogramm) — 5 000–17 500 so‘m;
o‘simlik yog‘i (1 litr) — 14 000–24 000 so‘m;
shakar (1 kilogramm) — 7 800–10 500 so‘m.

Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан