Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston chempioni Farg‘onada jarima maydonidan Jawa mototsiklini o‘g‘irlagani uchun sud qilindi
19.11.2020 13:15,  
256

Xabarga ko‘ra J. O‘zbekiston tumani IIB YHXGga qarashli «Shodlik» MFY hududida joylashgan jarima maydonida saqlanayotgan Jawa mototsiklni o‘g‘irlik yo‘li bilan olib qochishga uringan.

Gumonlanuvchi 2020 yil 2 sentyabr kuni soat 02:00 larda mototsiklni o‘g‘irlab olib chiqqan va yo‘lda ketayotganda qilgan ishidan afsuslanib, o‘zi yashaydigan mahalla profilaktika inspektorining telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, qilmishini aytib, aybini bo‘yniga olgan.

Profilaktika inspektori tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgan, shu tariqa mototsikl yana jarima maydonchasiga, J. esa qamoqqa tushgan.

Sud majlisida so‘roq qilingan J. mototsikllarga qiziqqani sababli shu ishni qilgani, uni bir kun haydab, keyin yana joyiga olib borib qo‘ymoqchi bo‘lganini bildirgan.

«Mototsikl egasi suddan J.ning kelajagini barbod qilmaslikni, agar u ozodlikdan mahrum qilinadigan bo‘lsa, o‘sha mototsiklini kerak bo‘lsa yoqib yuborishini, J. sodir etgan jinoyat natijasida hech qanday moddiy zarar ko‘rmagani, uni kechirganini aytib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan yengilroq jazo tayinlashni so‘ragan», – deyiladi xabarda.

J. o‘zining jinoiy harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi «g» bandida (transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘rilik yoki talonchilik yo‘li bilan olib qochish) ko‘rsatilgan jinoyatni qasddan sodir etgan. U Jinoyat kodeksida belgilangan modda sanksiyasi doirasida 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin edi.

Lekin sud J.ga jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati jabrlanuvchiga zarar yetkazilmagani, uning universitet talabasi ekani, sportda erishgan yutuqlari, aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz va pushaymonligini hisobga oldi.

Shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan berilgan ijobiy tavsifnoma hisobga olinib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, modda sanksiyasida nazarda tutilmagan ozodlikni cheklash jazosi tayinlash, J.ga kech soat 21:00 dan ertalab soat 06:00 gacha yashash joyidan chiqmaslik, nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash va o‘qish joyini o‘zgartirmaslik kabi taqiqlarni yuklab, qamoqdan ozod qilish yuzasidan qaror chiqarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан