Shavkat Mirziyoyev yana bir qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev yana bir qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi. Hujjatga ko‘ra:

Institutda ta’lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, ta’lim davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi;

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bakalavriatda 2 ta yangi ta’lim yo‘nalishi (bastakorlik san’ati, san’atshunoslik: musiqashunoslik) va magistraturada 2 ta yangi mutaxassislik (ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi, musiqa san’ati) ochiladi;

Konservatoriyada hozirda tahsil olayotgan bakalavriatning 2–4 kurs  va magistraturaning 2-kurs talabalari o‘qishini Institutda davom ettiriladi.

Institutning asosiy vazifalari belgilanmoqda, jumladan:

yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash;

milliy estrada yo‘nalishida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratish hamda ularni notaga ko‘chirish va amaliyotga keng joriy etish;

milliy estrada yo‘nalishi bo‘yicha fundamental, amaliy va ijodiy izlanish hamda tadqiqotlar olib borish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bolalar musiqa va san’at maktablari (324 ta), ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari (17 ta), maktab-internatlar (8 ta) hamda madaniyat, musiqa va san’at kollejlariga (2 ta) Institutning yetakchi professor-o‘qituvchilari hamda mamlakatimizda ijod qilib kelayotgan taniqli estrada ijodkorlari biriktiriladi hamda “Mahorat darslari” yo‘lga qo‘yiladi.