Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 24,2 mlrd dollarga yetdi
7.09.2021 18:56,  
72

O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 2021 yilning 1 iyul holatiga 858,6 million dollarga yoki 3,7 foizga oshib, 24,2 milliard dollarni tashkil qilmoqda. Bu Moliya vazirligining navbatdagi hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, davlat tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,5 foizni tashkil etmoqda.

Bunda davlat tashqi qarzi qoldig‘i – 21,8 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 34,7 foizni, davlat ichki qarzi qoldig‘i – 2,4 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bunda davlat ichki qarzi qoldig‘i tarkibida davlat qimmatli qog‘ozlari, davlat tomonidan kafolatlangan ichki qarz hamda davlat byudjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i aks ettirilgan.

Hisobotda qayd etilishicha, 2021 yilning birinchi yarim yilligida davlat qarzi qoldig‘i 858,6 million dollarga oshishi O‘zbekiston nomidan va davlat kafolati ostida investitsiya loyihalarini va davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish uchun tashqi va ichki manbalardan jalb qilingan qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi, qarz majburiyatlari bo‘yicha asosiy qarzning so‘ndirilishi hamda davlat qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar bilan izohlangani aytilgan.

Natijada:

  • O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 363,4 million dollarga oshgan;
  • davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 319,1 million dollarga oshgan;
  • davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat byudjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i 250,8 million dollarga ko‘paygan;
  • O‘zbekiston nomidan 2 trillion 240 milliard 900 million so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilinishi hamda 3 trillion 20 milliard so‘m miqdoridagi DQQ so‘ndirilishi natijasida DQQ bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 779,1 milliard so‘mga kamaygan;
  • davlat tashqi qarzi portfeli tarkibida 11,7 foizni tashkil qiluvchi valyuta – Yaponiya iyenasi 2021 yilning yanvar iyun oylarida AQSh dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlangan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning birinchi choragidagi davlat qarzining YaIMga nisbati pasayish tendensiyasi ikkinchi chorakda ham kuzatilgan. Xususan, Davlat statistika qo‘mitasining yangilangan ma’lumotlari asosidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat qarzi qoldig‘ining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2021 yil boshida 38,9 foizni, birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 38,6 foizni va birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha 38,5 foizni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан