Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston davlatchiligidagi qadriyatlar
4.09.2020 18:38,  
657

Qadriyatlar – uzoq kuzatishlar natijasida olingan xulosalar, xulosalar asosida qabul qilingan qoidalar, foydalar, ahamiyatli tushunchalar hisoblanadi. Har bir jamiyat va davlatda qadriyatlar bo‘ladi. Qadriyatlarsiz jamiyat parokandalikka va tartibsizlikka, o‘zaro aldashlar bosimi ostida qoladi. O‘zbekistondagi eng asosiy ijtimoiy kelishuv, bu Konstitutsiyada aytilgan qadriyatlar hisoblanadi.

O‘zbekiston konstitutsiyasidagi qadriyatlar, inson qadr-qimmati va hurligi, erkinliklar, demokratiya, va hokimiyatlar bo‘linishi, ularni doimiy almashib turishi – O‘zbekiston xalqining shaxsiy tajribasi va xulosalari emas, dunyo tajribasi va xulosalari hisoblanadi. Lekin, o‘tgan chorak asrdagi O‘zbekiston davlatchiligining asosiy qadriyati – xalqni aldash, bostirish va u bilan kurashish orqali, hokimiyatni o‘z qo‘lida ushlab turish bo‘ldi. Hokimiyatdagilarni boshqa qadriyati bo‘lmadi! Lekin, bugun vaziyat kardinal o‘zgargani yo‘q. Fundamental o‘zgargani yo‘q!

O‘zbekistondagi Konstitutsiyaviy qadriyatlarning bosh qo‘riqchisi, kuzatuvchisi, himoyachisi, ijrochisi, bu Konstitutsiyaviy sud hisoblanadi. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud borligini, oldingi 25 yilda ham, keyingi to‘rt yilda ham hech kim eshitmagan. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sudni o‘zi qonunlarni muttasil va qo‘pol buzib kelsa, Konstitutsiyaga va konstitutsiyaviy qonunlarga amal qilmasa, qolganlar nima qilsin?

Misol uchun, “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTsIYaVIY SUDI TO‘G‘RISIDA» qonunning oltinchi bandiga ko‘ra, hech bir shaxs ushbu sud raisligiga ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

Manba

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi rais Mirboboyev Baxtiyor besh marta saylangan! Qonunga ko‘ra, sud raisining yoshi 70dan oshmagan bo‘lishi kerak, lekin Mirboboyevning yoshi 75dan oshgan.

Bu qonunbuzarliklarni yashirish uchun, Konstitutsiyaviy sud saytida Sud Raisi to‘g‘risida biografiyasiga taalluqli ma’lumotlarni ham berishmagan! Mana shunday sudyalar va sud tizimi sizlarni haq-huquqlaringizni himoya qiladimi?

Siyosiy tizim qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston xalqining muammolari, o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi, yerga singib ketmaydi, havoga uchib ketmaydi. Odamlarning muammolari yoki samarali hal qilinadi yoki bu muammolar hokimiyatning o‘ziga ko‘chib o‘tadi. Qonunlar ishlashi kerak, qadriyatlar tan olinishi va tatbiq etilishi kerak. Haq-huquqi noqonuniy buzilgan odamlarning huquqlari tiklanishi kerak. Ularni haq-huquqlarini bugun tiklanmasligi, hokimiyat uchun negativ energiyaga aylanadi xolos, lekin bu muammolar yo‘q bo‘lib ketmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан