Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston deputatlari tomonidan kimlarni birinchi navbatda koronavirusga qarshi emlash taklif qilinyapti?
22.02.2021 15:43,  
230

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari B. Yusupaliyevning hamda innovatsion rivojlanish vaziri I. Abdurahmonovning “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi davrida aholi salomatligini muhofaza qilish va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shu jumladan, aholini koronavirusga qarshi emlash borasida rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitishmoqda.

Ta’kidlanganidek, aholini emlash tadbirlariga jalb etiladigan tibbiyot va boshqa xodimlar joriy yilning fevral oyi yakuniga qadar koronavirusga qarshi emlash masalalari bo‘yicha qayta va to‘liq tayyorgarlikdan o‘tkazish rejalashtirilgan.

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish jarayoni mamlakatimiz, xalqimiz xayoti uchun eng muhim va dolzarb masalalardan biri ekanligidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Koronavirusga qarshi emlash, jumladan, vaksinatsiya jarayonining ixtiyoriyligi, birinchi navbatda emlanishi nazarda tutilmagan aholi toifalarini emlash, vaksinatsiya natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlar kabi masalalar bilan bog‘liq holatlarni qonuniy hal etish uchun huquqiy asoslarni takomillashtirish zarurligi ta’kidlangan.

Parlament eshituvida xalq vakillari keksa va nuroniylar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ya’ni “Temir daftar”ga kiritilgan va nogironligi hamda surunkali kasalliklari bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini birinchi navbatda emlash ishlarini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘lar edi, degan taklifni ilgari surishgan.

Deputatlar ta’kidlaganidek, ayni kunlarda koronavirusga qarshi birinchi navbatda vaksina oluvchilar ro‘yxatiga jurnalistlar, blogerlar va ommaviy axborot vositalari hamda jamoat transporti xodimlari, shuningdek chet davlatlarda tahsil oluvchi talabalar va mehnat migrantlari ham kiritilganligi ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mazkur ro‘yxatni adolatli tarzda qayta ko‘rib chiqishni taqoza qilmoqda. Mazkur masala yuzasidan xalq vakillari tomonidan Hukumatga bir qator takliflar berilgan.

Parlament eshituvida deputatlar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirishgan.

Xalq vakillarining hududlardagi faoliyati doirasida koronavirusga qarshi emlash ishlarining tashkil qilinish jarayonlari ustidan ham ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatilishi aytib o‘tilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан