Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zbekiston Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaydi" — Abdulaziz Komilov
17.03.2022 11:19,  
351

O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov O‘zbekistonning Donetsk va Lugansk bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi.

"Avvalambor, Ukraina atrofidagi vaziyat O‘zbekistonda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Ikkinchidan, O‘zbekiston vaziyatga tinch yo‘l bilan yechim topish va mojaroni siyosiy diplomatik vositalar yordamida hal qilish tarafdori. Buning uchun, birinchi navbatda, harbiy harakatlar, zo‘ravonliklar zudlik bilan to‘xtatilishi zarur.

O‘zbekiston tarixan ham Rossiya Federatsiyasi bilan, ham Ukraina bilan an’anaviy ko‘p qirrali aloqalarga ega. Va biz har ikki mamlakatlar bilan o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettiramiz.

Biz bugungi og‘ir kunlarda Ukrainaga gumanitar yordam beramiz va hozirgi og‘ir vaziyatni inobatga olib gumanitar yordam yuborishda davom etamiz.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaymiz."

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан