Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston elektr ta’minoti tizimiga cheklovlar kiritilmoqda
25.07.2020 11:01,  
977

«Milliy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati xabar berishicha, elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshayotgan so‘nggi kunlarda, ya’ni joriy yil 21 iyul kunidan boshlab, energotizimda ishlab chiqarilayotgan va iste’mol etilayotgan elektr energiyasi orasida nomutanosiblik vujudga kelib, natijada energotizimdagi yirik avariyaviy holatlarning oldini olish va uning barqaror ishlashini ta’minlash (energotizim parametr ko‘rsatkichlarini me’yor darajasida saqlash) maqsadida respublika iste’molchilariga cheklovlar kiritilmoqda.

Respublika bo‘yicha kiritilayotgan cheklov miqdori taxminan 1,5–2,0 mln.kVt/soatni tashkil etmoqda. Bu kunlik o‘rtacha iste’molning (195,6 mln. kVt/soat) 0,8–1,0 % ini tashkil etadi.

Shu bilan birga, respublika bo‘yicha vaqtinchalik elektr ta’minotidagi uzilishlariga qo‘shni Tojikiston energotizimidan qabul qilinayotgan elektr energiyasi importi hajmining keskin qisqarishi ham sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Tojikistonda suv tanqisligi oqibatida joriy yil 16 iyul kuni soat 2:33da kuchlanishi 500 kV bo‘lgan «Regar» va «Surxon» podstansiyalarini bog‘lovchi L-508 havo elektr uzatish tarmog‘i orqali import amaliyoti to‘xtatilgan va import miqdori sutkalik o‘rtacha 12,0 mln.kVt/soatdan 0,3 mln kVt/soatgacha kamaygan.

Bundan tashqari, respublikamizda joriy yilda kuzatilayotgan suv tanqisligi sababli O‘zbekiston gidroelektrostansiyalarida shartnomaviy miqdorga nisbatan kunlik 6-7 mln. kVt/soat, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10–12 mln. kVt/soat kam elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda va bu ham, o‘z navbatida, elektr energiyasi tanqisligini yuzaga keltirmoqda.

Mavjud holatni barqarorlashtirish maqsadida «O‘zbekiston MET» AJ o‘z vakolatlari doirasida «Turkmanenergo» kompaniyasi bilan elektr energiyasi importi bo‘yicha shartnoma imzolangan bo‘lib, ushbu amaliyotning boshlanishi 2020 yil 28 iyuldan kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан