Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tishni rejalashtirmoqda
30.12.2020 12:35,  
722

O‘zbekiston hukumati «O‘zavtosanoat» kompaniyasini faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 29 dekabrdagi qarorida so‘z boradi, deb xabar berdi «Gazeta.uz».

Hujjat «O‘zavtosanoat»ni faqat elektr dvigatellari bo‘lgan avtomobillar va avtotransport vositalarini ishlab chiqarishga o‘tkazishni nazarda tutadi. 2021 yil 1 fevralgacha kompaniyaga xorijiy mutaxassislar va konsalting kompaniyalarini jalb qilish va konsepsiya loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

Bundan tashqari, mamlakat ichkarisida elektr transport vositalarini sotib olish va (yoki) vaqtincha olib kirish uchun yig‘im (avtomobilni Ichki ishlar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadi) bekor qilinadi. Moliya vazirligi 2021 va undan keyingi yillar uchun byudjetni shakllantirishda buni hisobga olishi kerak.

Mas’ul vazirliklarga hokimliklar bilan birgalikda ikki oy ichida elektr transporti uchun quvvat olish stansiyalarini (terminallarini) o‘rnatish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish topshirildi.

Hozirda O‘zbekistonda elektr transport vositalarini olib kirish uchun aksizlar va bojxona to‘lovlari olinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar—avgust oylari davomida O‘zbekistonga qiymati 1,7 million dollar bo‘lgan 73 ta elektr transport vositasi import qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан