Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston energetika bozorida jiddiy o‘yinchilar paydo bo‘lishi kutilmoqda. Ro‘yxatda Britaniya hamda Fransiyaning mashhur kompaniyalari bor
26.09.2019 17:23,  
437

O‘zbekiston 2019 yilda kamida uchta xorijiy energetika kompaniyalari bilan shartnoma imzolamoqchi. Kelasi yil xorijiy investorlar soni 5 taga yetishi kutilmoqda. O‘zbekiston gaz qazib olish hajmini oshiradi. Bu haqida “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisi Baxodir Sidiqov Toshkentda bo‘lib o‘tgan energetika forumida xabar berdi.

Ehtimoliy hamkorlar sirasiga British Petroleum (Buyuk Britaniya), Total (Fransiya), SOCAR (Ozarbayjon), Rosneft (Rossiya) hamda Novatek (Rossiya)lar kiradi.

Ehtimoliy investorlar O‘zbekistondagi ishlab chiqarishlarini to‘laligicha tashqi bozorga yo‘naltirishmoqchi. Ammo Toshkent ularga «loyiha iqtisodiy ma’noga ega bo‘ladigan darajada» narx taklif etmoqda.

Loyihaning daromadliligi borasidagi savolga janob Sidiqov: “11 foizdan 15-16 foizgacha”, — deya javob qaytargan.

Shuningdek, Baxodir Sidiqov uning kompaniyasi kelgusi yilda 1 mlrd $ yevrobond chiqarishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан