Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘onistondagi portlash borasida izoh berdi
16.09.2019 16:48,  
174

Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon viloyatida joylashgan elektr uzatish tarmoq ustunlarida yuz bergan terakt oqibatida mamlakatning 11 viloyati elektr ta’minoti tizimida uzilish yuz berdi, deya xabar bermoqda ToloNews.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida Afg‘oniston poytaxti Kobul va mamlakatning 11 viloyati elektr energiyasiz qolgan. Jangarilar Tojikistondan kelayotgan yuqori voltli elektr uzatish liniyasining uchta ustunini portlatishgani aytiladi. Shuningdek, O‘zbekistondan elektr energiyasi yetkazib beriladigan elektr uzatish liniyasining bitta ustuni vayron bo‘lgan.

O‘z navbatida, Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» korxonasi Afg‘onistonda elektr energiyasini sotib oluvchilardan elektr uzatish liniyalari portlatib yuborilganini tasdiqlovchi ma’lumot olmagan. Bu haqda korxona Kun.uz’ga xabar qildi.

Qayd etilishicha, amaldagi shartnoma bo‘yicha Afg‘oniston Islom Respublikasi O‘zbekistondan uzluksiz elektr energiyasini (kuniga taxminan 1,5 million kVt/soat) olmoqda.

Elektr uzatish liniyalari, xususan, elektr uzatish ustunlarini ta’mirlash va tiklash har bir mamlakat tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

«Agar biron sababga ko‘ra elektr ta’minoti to‘xtagan bo‘lsa, biz bu afg‘on iste’molchilari Tojikiston Respublikasidan sotib oladigan elektr energiyasi liniyasi orqali sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilamiz. Agar bu taxmin rost bo‘lsa, tojik va afg‘on mutaxassislari elektr uzatish liniyalarini qachon va qanday qilib qayta tiklashlarini bilmaymiz», - deyiladi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» izohida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан