Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston eng ko‘p oltin saqlovchi davlatlardan biriga aylandi
15.10.2019 11:14,  
867

Butunjahon oltin kengashi (World Gold Council) joriy yil sentyabr oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p oltin saqlovchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Reytingda oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston 17-o‘rinni egalladi. Hisobotda mamlakat 325,7 tonna oltin saqlashi ma’lum qilinadi. Bu respublikada mavjud umumiy zaxiraning 56,2 foizini tashkil etadi.

Qo‘shni davlatlardan Qozog‘iston 377,3 tonna oltin bilan 15-o‘rinni band etgan.

Reytingda birinchi o‘rinda AQSh (8133,5 tonna), ikkinchi o‘rinda Germaniya (3366,8 tonna) va uchinchi o‘rinda Xalqaro valyuta fondi (2814 tonna) qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан