Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston YeOII bozorida to‘laqonli ishtirok etishni rejalashtirmoqda
19.01.2021 18:46,  
346

O‘zbekiston hukumati YeOII mamlakatlarida qabul qilingan 26 ta texnik reglament asosida maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda 2021 yilgi davlat dasturi loyihasida so‘z boradi.

Dastur loyihasida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me’yorlarini ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlarni jadallashirish vazifasi belgilangan.

Unga ko‘ra, «O‘zstandart» agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar yil davomida YeOII texnik reglament talablarini qabul qilish, YeOII mamlakatlarida qabul qilingan 26 ta texnik reglament asosida maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishi lozim.

Bundan tashqari, O‘zbekiston hukumati Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida qabul qilinayotgan hujjatlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar va rejalashtirilayotgan harakatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va tahlillarni amalga oshirish taklifini jamoatchilik muhokamasi uchun bildirgan.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Gaydar forumida Rossiya 2020 yili Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini olgan O‘zbekiston yaqin istiqbolda ittifoqning to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga umid bog‘laganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) videoanjuman shaklidagi sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан