Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston epidemiologik vaziyat keskin yomonlashgan mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni to‘xtatdi
22.12.2020 11:41,  
445

So‘nggi kunlarda ayrim xorijiy mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Arika Respublikasida yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanish holatlari soni tubdan oshib ketib, epidemiologik vaziyat keskin yomonlashuvi kuzatilmoqda. Xususan, joriy yil 20 dekabr holatida Buyuk Britaniyada kunlik kasallik holati 36 mingga, Germaniyada 21 mingga yaqin, Italiyada 15 mingdan, Niderlandiyada 13 mingdan, Janubiy Afrika Respublikasida 9 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.

 Ushbu mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat Yevropa va boshqa davlatlar tomonidan epidemiologik vaziyatni murakkablashtirmaslik maqsadida yuqoridagi davlatlar bilan xalqaro aviatashuvlarni cheklash bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, dunyodagi epidemiologik vaziyatning tezkor keskinlashuvi sharoitida mamlakatimizdagi epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish, koronavirus infeksiyasi tarqalishining yangi o‘choqlari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan

 Joriy yil 21 dekabr sanasidan 2021 yil 10 yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatiladi. 

 Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Ital iya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, ushbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda so‘nggi 
14 kun davomida mazkur davlatlarda bo‘lgan uchinchi davlat fuqarolari yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasiga kiritilmasligi belgilandi. 

 Shuningdek, so‘nggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasida yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinishi belgilab qo‘yildi.

Mazkur joriy etilayotgan cheklovlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani sari bosqichma-bosqich bekor qilib boriladi.

  Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasi jahondagi ushbu murakkab vaziyatni inobatga olgan holda fuqarolarimizdan jamoat joylarida niqob taqib yurish, restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish ob’yektlarida 30 kishidan oshmagan holda tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, vazirlik, idoralar va davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik birlashmalarida turli xil korporativ bayram tadbirlari tashkil etmaslik to‘g‘risidagi karantin cheklovlariga qat’iy amal qilishni so‘rab qoladi.

Shu bilan birga Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarimizning o‘zi va oila a’zolarining sog‘lig‘ini asrab-avaylash maqsadida kirib kelayotgan yangi yilni oila davrasida kutib olish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан