Elchi: "O‘zbekiston Eronda hindlar qurgan portdan manfaatdor"

Elchi:

O‘zbekiston Hindiston tomonidan qurilgan Erondagi Chabahor porti rivojlantirilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Chunki bu loyiha butun Markaziy Osiyoda savdo va aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu haqida O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyev Hindustan Times nashriga bergan interyusida ma’lum qildi.

Xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurash, savdo-sotiq kabi sohalardagi hamkorlikdan tashqari O‘zbekiston hind universitetlarining ham mamlakatda ochilishidan manfaatdor. Shuningdek, elchi Toshkentdagi Amiti va Andijondagi Sharda universitetlari ochilishini ham ijobiy baholagan.

«Biz uchun Chabahor loyihasi katta amaliy ahamiyatga ega va shubhasiz, loyiha to‘liq amalga oshirilsa, Hindiston, O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyo uchun keng ko‘lamli imkoniyatlar ochiladi», dedi u.

Elchining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston Ashxoboddan to Hind okeanigacha bo‘lgan Shimol-Janub transport koridori barpo etilishini ham qo‘llab-quvvatlaydi.