Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Eronning murojaatiga javoban ushbu davlatga gumanitar yordam yuboradi
12.03.2020 19:32,  
1702

Eron Islom Respublikasiga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risida Hukumat farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi hukumatining koronavirus kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur buyum va vositalar bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaatini qo‘llab-quvvatlash, ushbu infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Eronga quyidagi tibbiy buyumlar shaklida insonparvarlik yordami yuboriladi:

– ​bir martalik steril tibbiy qo‘lqoplar;

– ​himoya qiluvchi kombinezon;

– ​maxsus tibbiy forma;

– ​tibbiy niqoblar;

– ​tibbiy doka;

– ​tibbiy spirt;

– ​gigiyenik gel;

– “Rutan” tabletkalar.

Insonparvarlik yukini kuzatib borish va topshirish uchun Eronga favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi yuboriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан