Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston yeryong‘oq eksporti geografiyasini kengaytirmoqda
23.06.2020 17:45,  
295

Joriy yil may oyidan «Global Export Company» mas’uliyati cheklangan jamiyati Xitoy bozoriga O‘zbekistonda yetishtirilgan yeryong‘oqni eksport qilishni boshladi. Xitoyga 1 million AQSh dollari miqdoriga teng shartnoma doirasida mahsulot yetkazib berildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda. 

Xitoy jahondagi yeryong‘oq yetishtiradigan nafaqat yirik ishlab chiqaruvchi, balki yirik iste’molchi ham hisoblanadi. Masalan, 2019 yilda Xitoyning tozalangan yeryong‘oq importi hajmi 405 ming tonnani tashkil etdi. Bu 285 million AQSh dollari miqdoriga teng. Afrika qit’asidagi Senegal, Efiopiya, Sudan, shuningdek, Hindiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari ushbu mahsulotni yetkazib bergan asosiy mamlakatlar bo‘ldi. Endi esa Xitoyga yeryong‘oq yetkazib beradigan eksportchi davlatlar qatorida O‘zbekiston ham joy oldi.

2019 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida O‘zdavkarantin bilan XXR Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida Xitoyga o‘zbek yeryong‘og‘i eksport qilinishiga qo‘yiladigan fitosanitar talablar to‘g‘risidagi protokol imzolangan edi.

Hozirda Xitoy bilan gilos, qovun, achchiq qalampir, anor, mosh, kunjut, mayiz, quritilgan o‘rik, yong‘oq, achchiq va shirin o‘rik danagi, asal (jami 14 ta) eksportini ko‘zda tutadigan fitosanitariya talablari bo‘yicha idoralararo protokollar mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан