Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tili bo‘yicha imtihon topshiriladi
30.09.2020 09:41,  
53

Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori  qabul qilindi

Nizomga muvofiq, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda talabgorlarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi (Markaz) hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.

 Davlat tili bo‘yicha imtihon talabgorning doimiy yashash yoki vaqtincha turar joyi bo‘yicha Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalarida o‘tkaziladi.

Buning uchun talabgor sinov imtihonida qatnashish uchun ariza bilan Markaz yoki uning hududiy bo‘linmalariga shaxsan o‘zi yoxud elektron shaklda murojaat etadi.

Shunga ko‘ra, sinov imtihoni hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng 1 oy muddatda test, yozma yoki og‘zaki shakllarda o‘tkaziladi.

Sinov imtihoni yakunlari bo‘yicha eng yuqori ballning 50 foizi (50 ball)dan kam ball olgan talabgorlar sinov imtihonidan o‘tmagan hisoblanadi hamda sinov imtihoni o‘tkazilgan kundan boshlab kamida 1 oydan keyin qayta qatnashish uchun ariza bilan murojaat qiladi (qayta to‘lovni amalga oshirgan holda).

Sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga davlat tilini bilish to‘g‘risidagi malaka sertifikati beriladi va u muddatsiz amal qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан